Sport

Oʻzbekistonlik bokschilar Bokuda 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritishdi

© NOK UzbekistanaBokserы Uzbekistana zavoyevali 8 medaley razlichnogo dostoinstva
Bokserы Uzbekistana zavoyevali 8 medaley razlichnogo dostoinstva - Sputnik Oʻzbekiston
Boku shahrida “Buyuk ipak yoʻli” nomli boks boʻyicha xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi

TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Boku “Buyuk ipak yoʻli” nomli boks boʻyicha xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar qildi.

Uzbekskiy boksyor Shaxram Giyasov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini amerikalikka qarshi oʻtkazadi

Bugun finalda jang qilgan oʻzbekistonlik bokschilardan Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov (-91 kg) va Obidjon Tohirov (+91 kg) raqiblarini magʻlub etib, oltin medal sohibi boʻlishdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi vakillarining qayd etgan natijasi: Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin; Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin; Obid Toxirov (+91 kg) – oltin; Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush; Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush; Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza; Hasanboy Doʻsmatov (-52 kg) – bronza; Xurshid Abdullayev (-81 kg) – bronza.

31 mart kuni oʻtkazilgan yarim final bahslaridan keyin Jasurbek Latipov (-49 kg), Hasanboy Doʻsmatov (-52 kg) va Xurshid Abdullayev (-81 kg) bronza medali egasiga aylanishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala