Aliment to‘lashdan bosh tovlagan erkak aeroportda qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Qarzdor  yashash joyidan topilmagach, 2018-yil 9-sentabr kuni davlat ijrochisi unga nisbatan qidiruv e’lon qilgan hamda qarzdor davlat ijrochisi tomonidan qo‘yilgan cheklovga asosan chet davlatga ishlash uchun chiqib ketayotgan vaqtida ushlangan.

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan, farzandining moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment pullarini bir necha oylar davomida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan erkak chet davlatga ishlash uchun ketayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri MIB matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Pevitsa Ozoda Nursaidova  - Sputnik O‘zbekiston
MIB Ozoda Nursaidova yashagan uy devori nega buzilganiga oydinlik kiritdi

Ta’kidlanishicha, qarzdor E.Ro‘ziyevdan X.Asadovaga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish xaqi va boshqa unga tenglashtirilgan daromadlaridan 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida sud ijro hujjati mavjud bo‘lib, ijro harakatlari davrida, bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan, qarzdor hech bir sababsiz farzandining moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment pullarini bir necha oylar davomida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Qarzdor  yashash joyidan topilmagach, 2018-yil 9-sentabr kuni davlat ijrochisi unga nisbatan qidiruv e’lon qilgan hamda qarzdor davlat ijrochisi tomonidan qo‘yilgan cheklovga asosan chet davlatga ishlash uchun chiqib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng qarzdordan 7 mln. so‘m aliment pullari undirib berilishi ta’minlangan. Shu bilan bir qatorda olib borilgan huquqiy tushuntirishlardan so‘ng erkak turmush o‘rtog‘i bilan yarashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0