Moskvada o‘zbekistonlik manyak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMoskovskiy gorodskoy sud
Moskovskiy gorodskoy sud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qotil 2015-yilda Moskva va Moskva viloyatida qator qotilliklarni sodir etgan. U kimsasiz joylar va xiyobonlarda ayollarga tashlangan.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Moskva shahar sudi 2015-yilda Moskva va Moskva viloyatida besh nafar ayolni o‘ldirgan Baxtiyor Matoqubovga umrbod qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, 2015-yil yanvar-aprel oylari oralig‘ida Matoqubov Moskva va Moskva viloyatida qator qotilliklarni sodir etgan. U kimsasiz joylar va xiyobonlarda ayollarga tashlangan.

Qotil o‘z qurbonlarini keyinchalik ularni o‘marish maqsadida, do‘konlar atrofida ham ta’qib qilgan. Manyak o‘z qotilliklarini kunduzi va kechasi sodir etgan. Har safar o‘z qurbonlariga tilingan va kesilgan jarohatlar yetkazgan.

© Sledstvenniy komitet RFBaxtiyor Matakubov
Moskvada o‘zbekistonlik manyak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Matakubov

Baxtiyor Matoqubov uyali telefonning tafsilotlari o‘rganib chiqilgach, shuningdek, harakatlanishi bosqichma-bosqich tiklanib, jinoyat sodir etilgan joylar bilan bog‘langanidan keyin fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari ayblanuvchi qayerda yashashini aniqlashdi, u yerda tintuv davomida ikki qurbonning qon izlari bo‘lgan kiyim-kechak topilgan.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada besh ayolni o‘ldirgan o‘zbekistonlik manyak ustidan sud boshlanadi

Biroq, u payt qotil xorijga qochib ketishga ulgurgan. Shu bois xalqaro qidiruvga berilgan. RIA Novostining huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasining ma’lum qilishicha, qotil Ukrainada yashiringan. 2017-yilning dekabr oyida Matoqubov Moskva shahriga ekstraditsiya qilingan.

Ekspertiza o‘tkazilishi davomida, psixologlar va boshqa mutaxassislar, Matoqubov ruhiyatida muammolar mavjudligini tasdiqlashgan va u juda asabiy degan xulosaga kelishgan. Matoqubov juda qiziqqon, qasoskor bo‘lgan, ayollarga nisbatan unda shaxsiy adovat bo‘lgan.

U dastlabki tergov vaqtida barcha sodir etgan jinoyatlarini to‘liq tan olgan. Sud hukmi qonuniy kuchga kirgani yo‘q, hukm ustidan shikoyat keltirish uchun 10 kun muhlat bor.

Yangiliklar lentasi
0