O‘zbekistonga sotilgan insulin: Qozog‘iston IIV 28 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atdi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTabletki
Tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari O‘zbekistonga insulin noqonuniy olib ketilishi holati bo‘yicha tergovni boshlangandi.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov O‘zbekistonga insulinni noqonuniy sotgan shaxslarga nisbatan o‘tkazilgan tergov ishi haqida axborot berdi.

Rinok Abu-Saxiy v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
"Bozor ishi" bo‘yicha 23 nafar shaxs ko‘plab jinoyatlarda ayblanmoqda

Shu yil boshida OAVlar Qozog‘iston dorixonalarida bepul tarqatish uchun mo‘ljallangan insulin O‘zbekistonga olib ketilishi haqida xabar qilgandi.

Bu ma’lumotlar oshkor bo‘lgandan so‘ng Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari O‘zbekistonga insulin noqonuniy olib ketilishi holati bo‘yicha tergovni boshlangandi.

“Hozir bu insulin asosiy manbaasi aniqlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, huquq tartibot organlari tekshiruv o‘tkazmoqda”, - dedi vazir.

Sog‘liqni saqlash vaziri so‘zlariga ko‘ra, bir yil oldin vazirlik respublika bo‘ylab bepul dori vositalarni tekshiruvi o‘tkazdi. Dori vositalarni noqonuniy savdosi holatlari bo‘yicha ma’lumotlar o‘tgan bahor mavsumida huquq tartibot organlariga taqdim etildi.

“Noqonuniy holatlar huquq tartibot organlari va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda aniqlandi. Hozirgi vaqtda 28 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deb qo‘shimcha qildi Birtanov.

Shu yil yanvar oyida O‘zbekistonga insulin noqonuniy sotilishi holati bo‘yicha tekshiruv boshlangaligi haqida xabar berilgandi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga so‘rovnoma yubordi.

Yangiliklar lentasi
0