Qo‘qonda uch egizakning otasiga sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt YTHga uchradi

© Twitter / HerolionV Kokande popal v DTP avtomobil, podarenniy prezidentom strani otsu troynyashek
V Kokande popal v DTP avtomobil, podarenniy prezidentom strani otsu troynyashek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati IIB YHXB ma’lum qilishicha, Cobalt avtomashinasi ishtirokidagi YTH 31-mart kuni soat 11:15 da Qo‘qon shahar Shohruxobod ko‘chasida sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Qo‘qonda tug‘ilgan uch egizakning otasi Jasurbek Mamadqulovga Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 22-dekabr kuni Qo‘qon shahar Shijoat ko‘chasi 29-uyda yashovchi Jasurbek va Muslimaxon Mamadqulovlar oilasida uch o‘g‘il egizak dunyoga kelgan edi.

Egizaklarga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yilgandi. Yanvar oyida uch egizakning ota-onasiga prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilingandi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB ma’lum qilishicha, Cobalt avtomashinasi ishtirokidagi YTH 31-mart kuni soat 11:15 da Qo‘qon shahar Shohruxobod ko‘chasida sodir bo‘lgan.

© Twitter / HerolionV Kokande popal v DTP avtomobil, podarenniy prezidentom strani otsu troynyashek
Qo‘qonda uch egizakning otasiga sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt YTHga uchradi - Sputnik O‘zbekiston
V Kokande popal v DTP avtomobil, podarenniy prezidentom strani otsu troynyashek

Opel avtomashinasining Cobalt bilan to‘qnashishi natijasida 2 fuqaro – Amudaryo ko‘chasi, 80-uyda yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan D.Q. va Shijoat ko‘chasi, 29-uyda yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan N.A. (egizaklarning buvisi) tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilarning ikkalasi ham Cobalt’da bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB ushbu YTH bo‘yicha ma’muriy ish ochilganini tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0