Jamiyat

Toshkentda hind tilini oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribыl v Indiyu
Shavkat Mirziyoyev pribыl v Indiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar Olmazor tumanida Lal Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi.

TOSHKENT, 2 apr – Sputnik. Toshkentda hind tilini oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi.

Modelyer Ritu Beri stala poslom turizma Uzbekistana v Indii - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Mashhur hind dizayneri Oʻzbekistonning Hindistondagi turizm elchisi etib tayinlandi

Bu haqda “Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Lal Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasida aytilgan.

Qaror loyihasiga koʻra  Xalq taʼlimi vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Olmazor tumanidagi 24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida Lal Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berish koʻzda tutilgan.

“2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7- sinflariga hamda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi”, - deyilgan loyihada.

2019 yilning 1 avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash va sobiq binosini rekonstruktsiya qilish hamda jihozlash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilarini belgilangan tartibda jalb etish koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala