Atambayev hibsga olindimi? Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumot berdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Almazbek Atambayev Tosh-Moynoq qishlog‘ida qo‘lga olinganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq prezident Almazbek Atambayev qo‘lga olingani haqida ma’lumotlarni rad etdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, internetda Chuy viloyatining Tosh-Moynoq qishlog‘ida tezkor operatsiya davomida Atambayev qo‘lga olinganligi haqida tarqalgan xabarlar noto‘g‘ri.  

“Davlat qo‘mitasi bunday xabarlarni tarqatishga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda”, - deyilgan xavfsizlik xizmati xabarida.

Xavfsizlik xizmati soxta ma’lumotlarni tarqatish Qirg‘iziston qonunchiligiga asosan jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganligi haqida eslatma berdi.

Yangiliklar lentasi
0