"Nafas olish yengillashibdi": Rossiya prezidenti maslahatchisi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida

© Dialog s narodomSovetnik prezidenta RF Mixail Fedotov posetil narodnie priyemnie i oznakomilsya s ix deyatelnostyu
Sovetnik prezidenta RF Mixail Fedotov posetil narodnie priyemnie i oznakomilsya s ix deyatelnostyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti maslahatchisi Mixail Fedotov O‘zbekiston-Rossiya yuridik forumidan so‘ng Sputnik O‘zbekiston muxbiriga o‘n olti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga safari taassurotlari haqida gapirdi

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekistonda oxirgi marta 16-yil oldin bo‘lganman. Bu safar mamlakat menda ajoyib taassurot uyg‘otdi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha Kengashning raisi Mixail Fedotov.

Podpisanie memoranduma RF i Uzbekistana po sotrudnichestvu v sfere zashiti prav cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Putinning maslahatchisi: Rossiyadagi o‘zbekistonliklar muammolari endi chuqur o‘rganiladi

"O‘n olti yil oldin O‘zbekistonda bo‘lganman. Xotiramda saqlanib qolgan aksariyat joylar mana shu vaqt oralig‘ida juda o‘zgarib ketibdi. Misol uchun, men bugun chiqish qilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi o‘zgarmabdi. Auditoriya ham o‘zgarmagan. U avvalgidek qiziquvchan va do‘stona ruhni saqlab qolibdi. O‘sha bir vaqtlardagidek munozaralar uchun ochiq auditoriyani bugun ham ko‘rdim. Lekin Toshkent juda o‘zgarib ketibdi, men ko‘plab ko‘chalarni taniy olmadim. Bir vaqtlar men aylangan ko‘chalarda bugun saroylar qad rostlabdi. Respublikadagi atmosfera menga juda yoqdi, bilasizmi, nafas olish yengillashgandek tuyuldi menga", - deya o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Fedotov.

Rossiya prezidenti bugun O‘zbekistonda haqiqiy bahor nafasi kezib yurganini, butun borliqda bahoriy kayfiyat ufurib turganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0