Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani qurish taklif etildi

© AP Photo / Kamran JebreiliFontan v Dubae
Fontan v Dubae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda dunyoda eng uzun, chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani barpo etish taklif etildi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani barpo etish taklif etildi. Bu haqda “Mening fikrim” portalida tegishli murojaat joylashtirildi.

Meydan One Mall prototipi - Sputnik O‘zbekiston
Dubayda dunyodagi eng katta raqs tushadigan favvora ochilmoqda

Murojaat muallifi xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Toshkent shahri hududidan oqib o‘tuvchi kanal va anhorlarda 10-20 kilometrlik chiroqlarga boy bo‘lgan musiqali, uzundan-uzun favvoralarni barpo etishni taklif qildi.

“Favvoralar dunyodagi eng uzun, chiroyli, innovatsion shaklga ega bo‘lishi, bundan tashqari suvdagi chiqindilarni tozalovchi texnologiyalar bilan jixozlangan bo‘lishi lozim. Shubhasiz, agarda ushbu favvoralar majmui bunyod etilsa, “Ginness rekordlari kitobi”dan joy oladi, anhor bo‘yida aholi va sayyohlar uchun yanada maroqli dam olish imkoniyati ortadi”, - deyilgan murojaatda.

Dunyodagi eng qimmat favvora Dubay shahrida barpo etilgan. Uning qurilishiga 218 million dollar sarflangan. Dubai Fountain binosi Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Favvoraning uzunligi 275 metr - bu uchta standart futbol maydoniga teng. Dubai Fountain har soniyada 83 tonna suvni osmonga ko‘taradi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0