Jamiyat

Qamoqxonalardan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar nazorati boʻyicha qonun imzolandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Qonunda nazorat ostidagi shaxslarning, ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Qonunda belgilanishicha maʼmuriy nazorat bu sud tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga qoʻllaniladigan cheklovlardan iborat tarbiyaviy taʼsir chorasidir.

Den rojdeniya osnovatelya yuvelirnogo doma De Grisogono - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Gulnora Karimovaning advokati uning qaysi qamoqxonada ekanini aytdi

Qonunga muvofiq, quyidagi voyaga yetgan shaxslarga sud tomonidan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi:

-  oʻta xavfli retsidivistlar;

- ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar, shu jumladan boshqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilinganlar;

-  qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki yoki undan ortiq ozodlikdan mahrum qilinganlar.

Maʼmuriy nazorat davrida quyidagi cheklashlar belgilanishi mumkin:

- yashash joyidan tashqarida boʻlishni taqiqlash;

-  muayyan joylarda boʻlishni taqiqlash;

- sud belgilagan hududdan ichki ishlar organining ruxsatisiz chiqishni taqiqlash;

- roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha ichki ishlar organiga kelish;

- alkogolli ichimliklarni takiklash.

Maʼmuriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga oʻrnatiladi.

Quyidagi holatlarda maʼmuriy nazorat tugatiladi:

- muddat tugaganda;

- sudlanganlik tugallangan yoki olib tashlanganda;

- nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum etilganda;

- shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda;

- shaxs boshqa davlatga doimiy yashash uchun chiqib ketganida;

-  shaxs vafot etganida.

Shuningdek, qonunda nazorat ostidagi shaxslarning, ichki ishlar organlarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala