Poytaxtdagi uchta bozorda favqulodda chaqiruv tugmalari o‘rnatildi

© GUVD g. TashkentaNa territorii rinkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovleni knopki ekstrennogo vizova
Na territorii rinkov Chilonzor buyum savdo i Dustlik savdo majmuasi,  takje vozle torgovogo kompleksa Toshkent savdo markazi ustanovleni knopki ekstrennogo vizova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinov yakunlariga ko‘ra favqulodda chaqirish majmualari Toshkentning boshqa jamoat joylariga ham o‘rnatiladi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Chilonzor buyum savdo” va “Do‘stlik savdo majmuasi” bozorlari hamda Shayxontohur tumanidagi “Toshkent savdo markazi” (GUM) hududiga sinov tariqasida favqulodda xizmatlarni chaqirish tugmalari o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

© GUVD g. TashkentaNa territorii rinkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovleni knopki ekstrennogo vizova
Poytaxtdagi uchta bozorda favqulodda chaqiruv tugmalari o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Na territorii rinkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovleni knopki ekstrennogo vizova

Majmua kuzatuv kameralari, mikrofon va chaqiruv tugmasidan tashkil topgan. Tugma va mikrofon o‘rtasiga operator suhbatdoshini ko‘rishi uchun kichkina kamera joylashtirilgan. Kamera IIB xodimnini ko‘rish imkonini beradi. Qurilmadagi taxtachaga foydalanish qo‘llanmasi tushirilgan.

© GUVD g. TashkentaNa territorii rinkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovleni knopki ekstrennogo vizova
Poytaxtdagi uchta bozorda favqulodda chaqiruv tugmalari o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Na territorii rinkov "Chilonzor buyum savdo" i "Dustlik savdo majmuasi", takje vozle torgovogo kompleksa "Toshkent savdo markazi" ustanovleni knopki ekstrennogo vizova

Toshkent IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, “Chilonzor buyum savdo” bozoriga tashrif buyuruvchilar ushbu yangilikni munosib ravishda baholashga ulgurishdi. Bir necha kun ilgari bir yosh yigit qurilmadagi taxtachaga foydalanish qo‘llanmasidan foydalanib, ikki ayol o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida navbatchi xodimga xabar qilgan.

Voqea joyiga ichki ishlar organlari va milliy gvardiya naradi zudlik bilan yetib kelgan. Ayollar hodisa sabablarini aniqlashtirish maqsadida IIB olib ketilgan.

Sinov yakunlariga ko‘ra favqulodda chaqirish majmualari Toshkentning boshqa jamoat joylariga ham o‘rnatiladi.

Yangiliklar lentasi
0