TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Norvegiya birinchi boʻlib Oʻzbekistonda tashkil etilgan Orolboʻyi hududida insoniyat xavfsizligi fondiga pul oʻtkazadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Norvegiya hukumatining Nyu Yorkdagi ofisi 9,5 million krona (1,1 million dollar) mablagʻ oʻtkazish haqida shartnoma imzoladi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu fond, oʻrtacha hisobda 2 million kishi yashayotgan orolboʻyi hududiga, 5 yil ichida 123,2 million dollar jalb qilishni rejalashtirgan.
Ushbu fonda ochilgan vaqtida, Oʻzbekiston hukumati 6,5 million dollar miqdorida birinchi toʻlovni amalga oshirgan edi. Fondga shuningdek Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Shveytsariyadan toʻlovslar haqida shartnoma imzolangan edi.