Rejisser Georgiy Daneliya vafot etdi

© Sputnik / Galina Kmit / Mediabankka o‘tishKinorejisser Georgiy Nikolayevich Daneliya.
Kinorejisser Georgiy Nikolayevich Daneliya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Mimino” va “Kin-dza-dza”ning rejisseri Georgiy Daneliya vafot etdi.

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Moskvada rejisser Georgiy Daneliya 88 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Mashhur rejisser 24-fevralda rejisser og‘ir o‘pka shamollashi bilan kasalxonaga joylashtirilgan edi. Keyinroq shifokorlar uni sun’iy koma holatidan chiqargani haqida ma’lum qilingan edi.

Georgiy Daneliya 1930-yilning 25-avgustida Tiflisda tug‘ilgan. 1959-yilda “Mosfilm”da Mixail Kalatozov qo‘l ostida oliy rejisserlik kurslarini yakunlagan.

Daneliya 20dan ortiq mashhur kartinalarni suratga olgan. Ular orasida “Sereja”, "Ya shagayu po Moskve", "Afonya", "Mimino", "Kin-dza-dza", “Kuzgi marafon” va “Djentelmeni udachi” kabi mashhur filmlar bor.

Daneliyaning “Meni har doim voqealar emas qahramonlar qiziqtirgan”, - degan  iborasi ko‘pchilikning esida qolgan.  

Yangiliklar lentasi
0