TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Qirgʻiziston parlamenti deputatlari uchinchi oʻqishda sobiq prezidentlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishdi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning qonunchilik majlisining matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
“Qonun uchinchi oʻqishda qabul qilindi, deyarli barcha deputatlar bir ovozdan maʼqullashdi”, - deyiladi xabarda.
Agentlikning maʼlum qilishicha, 111 kishi “QR sobiq prezidentlarining faoliyati kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish kiritishni yoqlab ovoz berishgan. Ovoz bergan deputatlarning uch nafari qarshi chiqqan.
Hujjatda sobiq davlat rahbari prezidentlik vakolati yakunlanganidan soʻng yoki lavozimidan chetlashtirilganda ayrim holatlarda jinoiy javobgarlik tortilishi mumkin
Shuningdek, yangi qonunga muvofiq sobiq prezidentlarga siyosiy lavozimlarni egallash taqiqlanadi.
Sud sobiq prezident Atambayevga siyosatchilarga 100 ming somdan toʻlash majburiyatini yukladi
Hujjat imzolanishi uchun davlat rahbariga yuboriladi. Qonun imzolangandan soʻng qonuniy kuchga kiradi.