Axborot urushi: Toshkent hokimligi uy-quruvchilar "hujumi"ga javob berdi

© Sputnik / StringerSnos vetxogo jilya v Tashkente
Snos vetxogo jilya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorning bu hujumlarini hokimlik matbuot uchun to‘qilgan "bayon", deb atagan. Bu tariqa, hokimlik fikriga ko‘ra, Xodjayev jamoatchilik fikrini o‘zining "muammoli uylaridan" chalg‘itishga harakat qilmoqda.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. 2019-yilning 5-aprel kuni Toshkent shahar hokimligi quruvchi Muhammadbobur Xo‘jayevning OAVlaridagi da’volariga javob berdi va Xo‘jayevni "axborot urushi"ni boshlaganlikda aybladi.

Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Artikxodjayev Yunusobod "raygaz" rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi?

Ilgariroq ushbu tadbirkor, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari mutasaddilarini u qurgan uylarni buzishda ayblab, OAVlarida bir necha bor chiqishlar qilgan edi.

O‘zbekistondagi mutasaddilar Xo‘jayev tomonidan qurilgan uylar sifati jihatidan mas’ul komissiyaning talablariga javob bermaydi, deb topgan. Xususan, Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati tomonidan 2-aprel kuni Muhammadbobur Xo‘jayev tomonidan qurilgan uylarning holati, turar joylarning qanchalik sifatli ekani va qurilish talablariga javob berishi haqida aholi fikrini bilish maqsadida tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan.

Yangi uylarni xarid qilgan o‘zbekistonliklar qurilish ishlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani va boshqa kamchiliklar ko‘pligini aytib, noliganlar. Bahorgi yog‘ingarchilik vaqtida esa, bu uylardan chaka o‘tgani qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar administratsiyasi Xodjayev uning sifatsiz uylarini mas’ul komissiya qabul qilishdan bosh tortayotgani uchun shahar hokimligiga hujumga o‘tganini qayd etgan.

Tadbirkorning bu hujumlarini hokimlik matbuot uchun to‘qilgan "bayon", deb atagan. Bu tariqa, hokimlik fikriga ko‘ra, Xodjayev jamoatchilik fikrini o‘zining "muammoli uylaridan" chalg‘itishga harakat qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0