Inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulot ro‘yxati – AQSh olimlari tadqiqoti

CC0 / pixabay / Chernika
Chernika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik to‘g‘ri ovqatlanish olimlari inson miyasi va xotirasini yaxshilaydigan yettita mahsulot nomini ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Amerikalik diyetologlar inson xotirasini yaxshilovchi mahsulotlarni aniqlashdi. Daily Sabah nashri xabariga asosan.

Chay s limonom - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘p choy yoki qahva ichish saraton rivojlanishi xavfini oshiradi - olimlar

Inson miyasini to‘laqonli ishlashini va xotirasini yaxshilash maqsadida kurkuma iste’mol qilish kerak. Olimlar fikriga ko‘ra, kurkumin va turmeron tufayli xushbo‘y ta’m inson xotirasiga foydali ta’sir qiladi. Bu tarkibi antioksidantlarga boy bo‘lib, inson miyasida xavfli jarayonlarni to‘xtatadi.

Xotira yanada mustahkamlash uchun yong‘oq iste’mol qilish kerak. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, doimiy ravishda yer yong‘og‘i, funduk, bodom, keshyu, pekana, kunjut, Braziliya yoki grek yong‘og‘ini is’temol qilinsa, ko‘proq ma’lumotlarni eslab qolish mumkin.

Diyetologlar yong‘oqlar xotirani mustahkamlaydi va miya faoliyatini yaxshilaydi. Ushbu mahsulot optimal miya ishlash funksiyasini saqlab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari, yong‘oq inson asabi va kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Ko‘katlar doim har bir inson ratsionida bo‘lishi kerak. Petrushka, ukrop, shpinat, brokkoli A va K vitaminlariga juda boy. Ular inson miya sog‘lig‘i kaliti hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘katlar miyani  stress va ortiqcha kuchlanishdan himoya qiladi.

Qator tadqiqotlar natijasida amerikalik mutaxassislar chernika mevasi nafaqat ko‘rish qobiliyatni yaxshilaydi, balki xotira va e’tiborni yaxshilaydi. Shuningdek, chernika yallig‘lanish qarshi va antioksidant moddalarga juda boy.  

Kakao ham inson miya faoliyatni yaxshilashga yordam beradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, dukkakli mahsulotlar muntazam iste’mol qilish natijasida - tonusni oshiradi, immun va asab tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi, qon bosimini pasaytiradi va viruslardan himoya qiladi. Kakaoning yoshartirish xususiyatlari ham mavjud.

Krovat - Sputnik O‘zbekiston
Tunda hojatxonaga tez-tez qatnash qaysi kasallik alomati?

Baliq - Omega-3 moddasining eng yaxshi manbaa hisoblanadi. Bu mahsulot ham xotira va miyani mustahkamlaydi. Omega-3 kislotalari nerv hujayralari tomonidan yuborilgan signallarni kuchaytiradi va miyaning tezroq ishlashiga yordam beradi.

To‘g‘ri ovqatlashish mutaxassislari so‘zlariga ko‘ra, talab qilinadigan Omega-3 miqdorini olish uchun haftasiga kamida 2-3 marta baliq iste’mol qilish kerak. Vitamin va foydali elementlarini saqlab qolish uchun mahsulotni qovurish kerak emas.

Xotirani mustahkamlaydigan yana bir mahsulot bu tuxum sarig‘i. Uning tarkibida D va V vitaminlari, foliy kislotasi va xolin moddalariga juda ko‘p.

Yangiliklar lentasi
0