Ko‘p choy yoki qahva ichish saraton rivojlanishi xavfini oshiradi - olimlar

Chay s limonom
Chay s limonom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro olimlar guruhi kuniga ikki va undan ko‘p chashka qahva yoki choy ichish o‘pka saratoni kasalligi xavfi oshirishi mumkinligini aniqladi.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Xalqaro olimlar guruhi kuniga ikki va undan ko‘p chashka qahva yoki choy ichish o‘pka saratoni kasalligi xavfi oshirishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda tegishli press-reliz LiveScience portalida joylashtirilgan.

Chashka kofe - Sputnik O‘zbekiston
Qahva ichishning yana bir foydali xususiyati aniqlandi

Tadqiqotchilar Osiyo va AQShdan 1,2 million odamlarning tibbiy ma’lumotlarini tahlil qildi.

Kuniga ikki va undan ortiq chashka qahva ichadigan, chekmaydigan odamlarda o‘pka saratoni rivojlanishi xavfi 41 foizdan yuqori ekanligini aniqladi. Choy ichishni xush ko‘ruvchi, chekmaydigan odamlar esa 37 foiz yuqori.

Tadqiqotchilar insonning yoshi bunda muhim rol o‘ynamasligini aniqlashdi. Shuningdek, kofein yoki kofeinsiz qahvalarni iste’mol qilish ahamiyati yo‘q.

Olimlar o‘tkazilgan tahlillar kuzatuv tadqiqoti ekanligini bildirishdi.

O‘pka saratoni rivojlanishi kofein ta’siri emas, balki qahfa donalarini qovurilishi bilan izohlashdi.

Shu bilan birga, saraton rivojlanishi va choy ichish xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlik sababi tushuntirilmagan.

Yangiliklar lentasi
0