Toshkentda haydovchi YHX xodimini urib yubordi

© Foto : dangquocbuuPribornaya panel
Pribornaya panel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi “Spark” rusumli avtomashinasini “TXAY-Do‘rmon” ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, tirbandligini bartaraf etayotgan xodimni urib yuborgan.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Toshkentda haydovchi YHX xodimini urib yubordi.

Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda xavfli poygalar: pensioner ayol halok bo‘ldi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 4-aprel kuni Yashnobod tumani Chilon ota ko‘chasida yashovchi F.Yu. “Spark” rusumli avtomashinasini “TXAY-Do‘rmon” ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, shu chorrahada vujudga kelgan avtomashinalar tirbandligini bartaraf etayotgan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizlik boshqarmasi xodimini urib yuborgan.

Xabarda qayd etilishicha, natijada tan jarohati bilan IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0