Zaxarova Moskvaga tanklarda kirib kelishni va’da qilgan ukrainalik vazirga javob qaytardi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina Infratuzilma vaziri Rossiya bilan yagona transport maydonini yaratish to‘g‘risidagi tashabbusni izohlab turib, u “ittifoqdoshlari bilan birga” tanklarda Moskvada albatta bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskvaga tanklarda kirib kelishni va’da qilgan Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning bayonotiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Zaxarova: Kiyev vicherknul Donbass iz sostava Ukraini - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova NATOning Putin murojaatnomasiga munosabatini “asabiy” deb baholadi

“Qadrli o‘rtoq, “ittifoqdoshlaringiz bilan birga tanklarda” bo‘ladigan Moskva Aydaho shtatida joylashgan. Shunday ekan, qo‘shiq kuylab, olg‘a bosing!”, - deya yozgan Zaxarova Facebook᾽dagi sahifasida.

Avvalroq Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyan Rossiya bilan yagona transport maydonini yaratish to‘g‘risidagi tashabbusni izohlab turib, u “ittifoqdoshlari bilan birga” tanklarda Moskvada albatta bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0