Soliq qo‘mitasi ta’magirlik holatlari haqida xabar berishni so‘radi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMujchina s telefonom
Mujchina s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan belgilangan soliqlardan tashqari “qo‘shimcha yig‘imlar” va “kelishuv” evaziga ta’magirlik holatlariga duch kelinsa, zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasiga xabar berish so‘raldi.

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda qo‘mitaning telegram-kanalida xabar berildi.

Soliq qo‘mitasi “O‘rikzor” bozoridagi janjal yuzasidan ma’lumot berdi

Xabarda qayd etilishicha, agar soliq  xizmati xodimlari tomonidan belgilangan soliqlardan tashqari “qo‘shimcha yig‘imlar” va “kelishuv” evaziga ta’magirlik holatlariga duch kelinsa, zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasining telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi. (+99871) 244-98-98; (+99871) 244-98-00; (+99871) 244-98-71; 1198.

“Har bir murojaatingiz Davlat soliq qo‘mitasining O‘z xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda murojaat muallifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyilgan DSQ matbuot xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0