YHXX xodimlariga yo‘l posbonlari yordam beradi

© Foto: podrobno.uzInspektoram DPS v Uzbekistane pomogut dobrovolsi
Inspektoram DPS v Uzbekistane pomogut dobrovolsi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand ko‘chalarida yo‘l posbonlari paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. Shu yil 5-apreldan Samarqand viloyatida davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi yo‘l posbonlari xizmat faoliyatini boshladi.

Radar na doroge v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi turdagi mobil radarlar tizimi joriy qilinadi

Bu xaqda Zarnews nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, “Yo‘l posboni” jamoatchilik tuzilmasi O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri buyrug‘i asosida tashkil etilib, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘mak sifatida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu ishga jalb etilgan dastlabki 60 nafar yo‘l posbonlari guvohnoma, maxsus kiyim va zarur anjomlar (hushtak va bayroqcha) bilan ta’minlandi.

Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kunidan ish boshlagan yo‘l posbonlari bugun haydovchilar hamda yo‘lovchilar o‘rtasida harakatlanish qoidalariga amal qilishni targ‘ib etish, yo‘llarda, jumladan, piyodalar yo‘laklarining o‘tish qismida xavfsizlikni ta’minlashga yordam bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0