Odam go‘shti sotilgani haqidagi xat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onada qassoblar odam go‘shti sotayotgani haqidagi xatni, ruhiy kasal kishi yozgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Farg‘onadagi dehqon bozorida odam go‘shti sotilayotgani haqidagi gaplar asossiz va yolg‘on, bo‘lib chiqdi deb xabar qilmoqda Daryo.uz Bosh prokuraturaga asosan.

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi go‘sht bozorlarini tartibga solishga kirishdi

Bosh prokuratura, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlanishicha, xat muallifi Xoliq Rahimov oldin ham bir necha marotaba yo‘llagani shunday mazmundagi murojaatlari o‘z tasdig‘ini topmay, asossiz va yolg‘on bo‘lib chiqqanligi aniqlangan.

Shuningdek, xat muallifi 1940-yilda tug‘ilgan X. Raximov Farg‘ona shahri, Sohil ko‘chasi, 237-uyda yolg‘iz o‘zi yashashi, ruhiy jihatdan muomalaga layoqatsizligi va 1985-yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida doimiy ro‘yxatda turishi aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahridagi «Soybo‘yi» MFY raisi va MFYda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilganda H. Rahimov doimo norozi kayfiyatda yurishi, farzandlari bilan ham munosabatlari yaxshi emasligi, u bilan suhbatlashishning imkoni yo‘qligi, ruhiy jihatdan nosog‘lomligi ma’lum bo‘lgan.

Biroz oldin Feysbuk va Telegramdagi guruhlarda mahalliy fuqarolardan biri prezident qabulxonasiga xat yo‘llab, Farg‘ona shahar markazidagi “Dehqon bozori”da savdo yurituvchi 50 nafar qassob “qabristondan odam go‘shtini olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotganligi” haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0