Sport

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Toshkentda maydonga tushadi

© instagram.com/gabi14/Futbolistы katarskogo kluba "Al-Sadd" Xavi i Gabi na puti v Tashkent
Futbolistы katarskogo kluba Al-Sadd Xavi i Gabi na puti v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Qatarning “Al Sadd” klubida toʻp suruvchi ispaniyalik yarimhimoyachi Xavi Toshkentga keldi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik.  “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq sardori va yarimhimoyachisi  Xavi Qatarning “Al Sadd” klubi tarkibida Toshkentga keldi.

Ispaniyalik yarimhimoyachi Xavi toʻp suruvchi “As-Sadd” Osiyo chempionlar ligasida Toshkentning “Paxtakor" klubi bilan bir guruhdan joy olgan.

"Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi 9 aprel kuni soat 19:00 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Al Sadd SC | نادي السد (@alsaddsc)

Eslatib oʻtamiz, Xavi jahon va ikki karra Yevropa chempioni. Ispaniyaning “Barselona” klubi tarkibida 4 marta UYEFA Chempionlar ligasi sovrini qoʻlga kiritgan. Xavi 2015 yilda Qatarning "As-Sadd" klubiga oʻtgan.

Shuningdek, "Al Sadd" tarkibida yana bir ispaniyalik futbolchi – Gabi toʻp suradi. Uning ham Toshkentda maydonga tushishi koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala