Yangi va eski avtoshinalar uchun kamida 3 $ import boji kiritildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishMontaj avtomobilnix shin
Montaj avtomobilnix shin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bojxona kodeksiga o‘zgartirish kiritildi: bundan buyon olib kirilayotgan yangi va eski avtoshinalardan kamida 3 $ boj olinadi.

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekiston bojxona kodeksining import bojlari stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar Norma.uz. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 4-aprelidan boshlab O‘zbekistonga olib kirilayotgan shinalar uchun quyidagi import boji stavkalari qo‘llaniladi: 

  • yangi pnevmatik rezina shinalar  va pokrishkalar uchun (TN kodi 4011) - 10 %, lekin donasi uchun 3 $dan kam bo‘lmagan miqdorda; 
  • pnevmatik rezina, foydalanilgan yoki tiklangan shinalar, protektorlar va h.k. (TN kodi 4012) - 20 %, lekin donasi uchun 3 $dan kam bo‘lmagan miqdorda;

Izoh. 4011800000 «Transport vositalari va qurilishda, tog‘ ishida yoki sanoatda foydalaniladigan mashinalar uchun yangi shinalar» bundan mustasno, ular bo‘yicha stavka – 0.

Ushbu o‘zgartirishlardan maqsad – import bojxona boji summasining quyi chegarasini joriy etish, deyilgan xabarda.

Yangi qonun bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0