Ertaga Chilonzordagi ayrim obyektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / StringerZajjenie gazovoy konforki
Zajjenie gazovoy konforki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi ayrim obyektlarda 9-aprel kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi ayrim obyektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kran v vannoy komnate - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda sovuq suv o‘chiriladi – to‘liq ro‘yxat

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hududiy gaz ta’minoti tarmoqlari bo‘limi o‘rta bosimli D-108 mm hajmga ega gaz quvuridagi gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq kamchilikni bartaraf etish maqsadida Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi ayrim obyektlarda 9-aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilgan.

Aholi turar joylari:

4 ta 4 qavatli uyda.

Maishiy-kommunal obyektlar:

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining suv havzasida;

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining qozonxonasida.

Yangiliklar lentasi
0