Internet tezligini qanday oshirish mumkin?

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishDevushka yest morojenoe na Nikolskoy ulitse v Moskve.
Devushka yest morojenoe na Nikolskoy ulitse v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyaning Virgin Media kompaniyasi mutaxassislari uy sharoitida internet tezligini oshirish usullarini ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Britaniyaning Virgin Media kompaniyasi mutaxassislari uy sharoitida internet tezligini oshirish usullarini ma’lum qilishdi. Bu haqda RIA Novosti The Sun nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, internet brauzer keshini muntazam ravishda tozalab turish bilan internet tezligini oshirish mumkin. Shuningdek, brauzer imkoni boricha yangilanib turilishi lozim.

Mujchina sidit s noutbukom na polu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingdagi pozitsiyasini yaxshiladimi?

Ekspertlar internet tezligiga virusga qarshi dasturiy ta’minot (PO) ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi. Faqat sifatli virusga qarshi dasturiy ta’minotni tanlab olish kerak bo‘ladi.

Yana bir usul – bu fon tartibida ishlayotgan ilovalar “xizmatini” to‘xtatib qo‘yish. Chunki ularning ishlab turishi internet tezligi susayishining omillaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, internet tarqatuvchi qurulma – router o‘rnatilgan joyga e’tibor qaratish darkor. Internet tezligini oshirish uchun Wi-Fi routerni iloji boricha balandroqqa o‘rnatish lozim. Ana o‘shanda signal butun xonani qamray oladi.

Muxaxassislar routerni deraza oldiga o‘rnatmaslik kerakligi haqida ogohlantirishdi. Router deraza oldiga o‘rnatilsa, uning xona ichidagi signali past bo‘lishi mumkin. Shuningdek, parol o‘rnatishni unutmaslik lozim, chunki internetingizdan  suvtekinga foylananayotgan tufayli o‘zining jabr ko‘rishingiz mumkin.

Xonada router signallarini to‘sib qo‘yuvchi qalin devor yoki ayrim turdagi izolyatsiya borligini inobatga olgan holda shunga o‘xshash joylarda router o‘rnatmaslikka harakat qilish lozim.

Yangiliklar lentasi
0