Hodisalar

Termizda gaz portlashi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishNadpis "Opasno GAZ" na ograditelnoy lente
Nadpis Opasno GAZ na ograditelnoy lente - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanba kuni Termiz shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Dushanba kuni Termiz shahridagi koʻp qavatli uylardan birida sodir boʻlgan gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda RIA Novosti viloyat IIB vakiliga tayanib xabar qilmoqda.

Odin iz drevneyshix gorodov Sredney Azii Termez porazil gostey sovremennoy, krasivoy arxitekturoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Termizdagi uy yertoʻlasida portlash sodir boʻldi, jabrlanganlar bor

Avvalroq idora vakili RIA Novostiga dushanba kuni ertalab Termizdagi uylardan birida portlash sodir boʻlgani va odamlar jabrlangani haqida maʼlum qilgan edi.

“Soat 11:32da Termizdagi uylardan birining yertoʻlasida gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida portlash sodir boʻlgan. Oqibatda voqea joyida ikki kishi halok boʻldi”, - dedi IIB xodimi.

Uning soʻzlariga koʻra, yertoʻlada doʻkon ombori boʻlgan.

Mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, 1962 va 1985 yilda tugʻilgan erkak fuqarolar halok boʻlgan.

IIBda gaz portlashi sabablari va zarar miqdorini aniqlash maqsadida tekshiruv ishlari olib borilayotganini qoʻshimcha qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala