Toshkentda oilaviy ajrimlar soni sezilarli darajada oshdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishSvadba
Svadba - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ajrimlarning asosiy sababini oilaviy kelishmovchiliklar (48 foiz) tashkil etmoqda.

TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Toshkentda oilaviy ajrimlar soni 131 taga ko‘paydi.

Toshkent shahar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar hokimligida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasining oilaviy ajrimlar, ularni kelib chiqish sabablari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 30 mingdan ziyod oila ajrashishga ariza bergan

Yig‘ilishda qayd etilishicha, o‘tgan yanvar-fevral oylari davomida shaharda oilaviy ajrimlar soni 769 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 131taga oshganligi qayd etilgan.

Bu holatlar tahlil etilganida esa, asosiy sabab oilaviy kelishmovchiliklar 48 %ni tashkil etmoqda. Keyingi o‘rinlarda er-xotinning uzoq vaqt bir oila bo‘lib yashamasligi (16%), farzandsizlik (9%), migratsiya (7%), xiyonat (6%), moddiy kiyinchilik (3%), ichkilik yoki giyohvandlikka berilish (2%) va boshqa sabablar tashkil etmoqda. Yig‘ilishda bu muammo va uning sabablarining yechimi, bartaraf etish yo‘llari yuzasidan Xotin-qizlar qo‘mitasi qay tartibda “Oila” markazlari o‘z faoliyatini tashkillashtirishi lozim ekanligi to‘g‘risida kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0