Jamiyat

Toshkentda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar uchun 2 ta markaz ish boshladi

© Facebook/Komitet Jenщin UzbekistanaV Tashkente otkrыlis tsentrы dlya jenщin, postradavshix ot bыtovogo nasiliya
V Tashkente otkrыlis tsentrы dlya jenщin, postradavshix ot bыtovogo nasiliya - Sputnik Oʻzbekiston
Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida sir tutiladi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Toshkentning Bektemir va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari (shelterlar) ochildi. Bu haqda Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

© Facebook/Komitet jenщin UzbekistanaV Tashkente otkrыlis tsentrы dlya jenщin, postradavshix ot bыtovogo nasiliya
Toshkentda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar uchun 2 ta markaz ish boshladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente otkrыlis tsentrы dlya jenщin, postradavshix ot bыtovogo nasiliya

Markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarga oʻz vaqtida manzilli yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish, oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oldini olish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Mazkur shelterlar Bektemir-Mirobod-Yashnobod hamda Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod tumanlararo reabilitatsiya markazlari sanaladi.

© Facebook/Komitet jenщin UzbekistanaV Tashkente otkrыlis tsentrы dlya jenщin, postradavshix ot bыtovogo nasiliya
Toshkentda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar uchun 2 ta markaz ish boshladi - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente otkrыlis tsentrы dlya jenщin, postradavshix ot bыtovogo nasiliya

Markazlarda zoʻravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, zarurat boʻlganda, ularga qoʻshimcha yordam koʻrsatish ishlari tashkil etilgan. Shuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlash boʻyicha yordam koʻrsatiladi.

Huddi shunday reabilitatsiya markazlarini Sergeli-Yakkasaroy, Shayxontohur-Olmazor, Mirzo Ulugʻbek-Yunusobod, Uchtepa-Chilonzor tumanlararo Markazlari sifatida ochish rejalashtirilgan.

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida sir tutiladi.

Bugungi kunda ogʻir ahvoldagi ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli — “ishonch telefoni” ishga tushirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala