Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

© Sputnik / Maks Vetrov / Fotobankka oʻtishVeter
Veter - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi 9-12 aprel kunlari mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 9-12 aprel kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. 

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 aprelda 7-12, 10-12 aprel kunlari 5-10 daraja iliq, kunduzi 9-10 aprel kunlari 15-20, 11 aprel kuni 17-22 daraja iliq, 12 aprel kuni 20-25 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 9 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 10-12 aprel kunlari esa yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda uning tezligi baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 17-22, 10 -11 aprel kunlarida kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 12 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 9-11 aprel kunlari baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 12 aprelda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 17-22, 10 aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22, 11 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 12 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 9-10 aprel kunlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 11-12 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 10 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 11 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 12 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 9 va 12 aprel kunlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. 10-11 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 9 va 12 aprel kunlari 20-25 daraja issiq, 10-11 aprelda 18-23 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida esa havo oʻzgarib turadi, vaqti vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 9-10 aprelda baʼzi joylarda kuchli yogʻingarchilik kuzatiladi. Baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-10 aprelda 5-10, 11-12 aprelda 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala