Dunyoda

Oʻzbekistonlik qiz Barak Obama bilan uchrashdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
European Young Leaders under 40 hamda Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi aʼzosi Kamilla Sultanova Barak Obama bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Oʻzbekistonlik Kamilla Sultanova 6 aprel kuni Berlinda AQSH sobiq prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi.

Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Obama Kongress aʼzolarini Obamacare dasturini bekor qilmaslikka chorlayapti

Barak Obama oʻz fondi faoliyati doirasida, Yevropaning 300 nafar yosh yetakchilari bilan uchrashib ularning tashabbuslarini qanday qilib qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirayotgani haqida hikoya qilib berdi.

Kamilla Sultanova ushbu uchrashuvda Skandinaviya va Oʻzbekiston vakili sifatida ishtirok etdi. Barak Obama bilan boʻlgan qisqa suhbat davomida navbatdagi uchrashuvni Oʻzbekistonda oʻtkazishni taklif qildi.  

Kamilla Sultanova 1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Maktabni AQShda, instututni  Daniyada tugatgan. Shundan soʻng Yevropa shimolidagi kompaniyalarda ishlagan. Ayni damda nodavlat notijorat tashkilotda faoliyat yuritadi. European Young Leaders under 40 hamda Buyuk Kelajak ekspertlar tashkilotlari aʼzosi. Yashash joyi - Xelsinki.

Yangiliklar lentasi
0