O‘zbekkino 2018-yilda filmlar suratga olish uchun necha pul sarfladi

© Xalq so‘ziPress-konferensiya na "Uzbekkino"
Press-konferensiya na Uzbekkino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekkino: 2018-yilda 33,6 milliard so‘mga 19ta badiiy va 40 ta hujjatli film suratga olindi.

TOShKENT, 8 apr – Sputnik. ”O‘zbekkino” o‘tgan 2018-yilda O‘zbekistonda kino suratga olish uchun qancha mablag‘ ajratilganini va nechta film suratga olinganini xabar qildi, Xalq so‘ziga asosan.

Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ”O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov so‘zga chiqib quyidagilarni ma’lum qildi.

“2018 yil milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat budjetidan 33.6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ hisobidan - 19 ta badiiy, 40 ta hujjatli va 2 ta qisqa metrajli filmlar hamda  8 ta multfilm tayyorlanib, badiiy kengashga havola etildi”, - dedi Zokirov.

Undan tashqari ”Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 11 ta to‘plami tayyorlangan.

Furqat Zokiirov ma’lum qilishiga ko‘ra 2018-yilda milliy kino mahsulotlari uchun ajratilgan mablag‘ 2017-yilga nisbatan 2,7 barobar kӯp bӯlgan. 2019-yilda esa ushbu mablag‘ yanada ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0