Jamiyat

Ayollarga ajrashganidan keyin ham erining uyida yashash huquqi berildi

© women-project.ruV Uzbekistane uzakonili pravo nevestki jit s bыvshim mujem
V Uzbekistane uzakonili pravo nevestki jit s bыvshim mujem - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Yangi Yer kodeksiga muvofiq, oila aʼzosi nikohdan ajralganidan keyin ham uy-joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.

TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Oʻzbekistonda 5 apreldan kuchga kirgan yangi qonunga asosan, turar joy mulkining egasi deb, u yerda doimiy yashaydigan er-xotin va ularning bolalari hisoblanadi.

Qaynota-qaynona yoki boshqa qarindoshlar faqat oʻzaro kelishilgan holda oila aʼzosi deb hisoblanishi va ushbu mulkning egasi deb hisoblanishlari mumkin.

Qonundagi ushbu oʻzgarishlar eru-xotin huquq va majburiyatlariga quyidagi oʻzgarishlarni olib keladi:

  • Uy-joy mulkidan foydalanish huquqi nikohdan ajralganidan keyin ham saqlanib qoladi;
  • Uy-joyga oʻz bolalarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega boʻladi;
  • Turmush oʻrtogʻi bilan bir yildan ortiq birga yashaganidan soʻng Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega boʻladi;  

Norma.uz yozishiga qaraganda yuqorida koʻrsatilgan oʻzgarishlar bundan buyon butun oilaning moliyaviy ahvolini va turar joyga boʻlgan ehtiyojini muvofiq belgilash uchun xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ayni damda yer mulki va turar joylarni yoppasga kadastr roʻyxatidan oʻtkazish jarayoni ketmoqda. 2019 yilning 1 iyunidan jismoniy va yuridik shaxslarga yer mulkini xususiylashtirish huquqi berilishi haqida prezident qarori imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala