IIV Termizdagi portlash yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi v Tashkente
Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatining Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasi 10-uyning yerto‘lasida yuz bergan chaqnash oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston IIV Termiz shahridagi yerto‘lada yuz bergan chaqnash yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Nadpis Opasno GAZ na ograditelnoy lente - Sputnik O‘zbekiston
Termizda gaz portlashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

Xabarda yoshilishicha, mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu chaqnash Termiz tumani Navro‘z mahallasida yashagan, “Fasad Diyor” MChJ ishchisi 57 yoshli Rajab Inomaliyev o‘zi ishlayotgan MChJning yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi omborxonasida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtda xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgani aniqlangan.

Natijada Rajab Inomaliyev va shu omborxonada bo‘lgan ushbu korxonaning yana bir ishchisi, Termiz shahar Ibn Sino ko‘chasida yashagan, 61 yoshli Rahmatullo Abduraxmonovlar voqea joyida vafot etganlar.

“O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ular “butun tananing kuchli alangadan 100 foiz kuyishi hamda is gazidan o‘tkir zaharlanish”dan vafot etganliklari aniqlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasi 10-uyning yerto‘lasida portlash sodir bo‘lgani va portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0