TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Navoiy viloyatining Navbahor tumanida “Safari-park” tashkil etilmoqda.
“Xalq soʻzi” nashrining maʼlum qilishicha, “Straus farm Navbahor” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha uchun tuman hokimligi tadbirkorga 59 gektar yer maydoni ajratgan.
Mazkur parkka Afrika tuyaqushidan tashqari, yashash sharoiti hudud iqlimiga mos zebra, kenguru kabi hayvonlar ham keltiriladi.
Loyihani 2020 yil boshlarida foydalanishga topshirish moʻljallanmoqda, deyiladi xabarda.