Jamiyat

Oʻzbekistonda 70% bolalar maktabgacha taʼlim olmaydi -  YUNISEF

Maktabgacha taʼlim olmayotgan bolalar hayotning eng boshidanoq notenglik qurboniga aylanishi mumkin - YUNISEF.

TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda 1,6 million bolalar (70%) maktabgacha taʼlim olimaydi, deb eʼlon qildi BMT Bolalar fondi (YUNISEF).

YUNISEF hisobotiga koʻra, bugungi kunda butun dunyoda 175 million bolalar maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻqiydi.

Detskiy sad Wunderkinds in Kungirad prinyal pervыx vospitannikov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 2019 yilda 400 dan ortiq bogʻcha taʼmirlanadi

Oʻzbekistonda har 3 boladan 2 nafari hayot uchun oʻta muhim investitsiya boʻlgan – maktabga taʼlimdan quruq qolmoqda. Bu ular hayotining eng boshidanoq notenglik qurboni boʻlish xavfini ortiradi, deyilgan xabarda.  

Fond ekspertlari aytishiga koʻra, Oʻzbekiston shaharlarida har bir nafar pedagog 25 bolani, qishloqlarida esa 5 nafar bolani tarbiyalayotgani maʼlum. Bu juda past koʻrsatgich.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning dekabr oyida Qoraqalpogʻiston respublikasi, Fargʻona viloyati va Toshkentda bir yillik majburiy maktabgacha taʼlim dasturini amalga oshirish tajribasi joriy etilgan edi. 2019 yilning sentyabr oyida ushbu tajribani butun respublika boʻyicha joriy etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala