AQShda o‘zbekistonlik taksichilar aksiya o‘tkazishdi

© GoskomturizmaAksiya "Posetite Uzbekistan"
Aksiya Posetite Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda taksichilar O‘zbekistonga turistlarni jalb qilishga qaratilgan aksiya o‘tkazishdi.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Nyu York shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha yirik aksiya o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

Tadbir davomida Uber va Lyft kompaniyalarining yo‘lovchi tashish litsenziyalariga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik taksichilar Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarining suratlari aks ettirilgan hamda O‘zbekistonning turizm axborot veb-saytlari manzillari ko‘rsatilgan yorliqlarni o‘z avtomobillariga yopishtirishdi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, AQShda 2000 dan ortiq o‘zbekistonliklar Uber litsenziyasiga ega ekan.

© Goskomturizma"O‘zbekistonga sayohat qil!" aksiyasi
AQShda o‘zbekistonlik taksichilar aksiya o‘tkazishdi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekistonga sayohat qil!" aksiyasi

“Shu bilan birga, “O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi” nomli ingliz tilidagi broshuralar keyinchalik yo‘lovchilarga taqdim etish uchun taksi haydovchilariga tarqatildi”, - deyilgan xabarda.  

100 dan ortiq avtomobillar ishtirokidagi tadbir jarayoni internet tarmog’ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn translyatsiya qilindi hamda mahalliy OAVda yoritildi. Tadbir davomida transport vositalari yordamida tayyorlangan va dron yordamida suratga olingan “I LOVE UZ” yozuvi namoyishi esa kutilmagan voqea bo‘ldi.

© Goskomturizma"O‘zbekistonga sayohat qil!" aksiyasi
AQShda o‘zbekistonlik taksichilar aksiya o‘tkazishdi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekistonga sayohat qil!" aksiyasi

Ma’lumot uchun, ushbu tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi hamda “Vatandosh” diaspora tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil mart oyida AQShda keng nishonlangan Navro‘z bayrami doirasida, Kaliforniya, Illinoys, Vashington va Pensilvaniya shtatlarida O‘zbekistoning tarixiy shaharlari aks ettirilgan, avtomobillarga yopishtirish uchun mo‘ljallangan yorliqlar hamda “O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi” broshuralarini tarqatish kabi tadbirlar o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0