Jamiyat

Osmonning 50 rangi yoki mashhur Rishton kulolchilik sanʼati

Fargʻona vodiysida joylashgan Rishton shahri qadimdan oʻzining kulolchilik sanʼati bilan tanilgan. Sputnik muxbiri Rishtondagi ustoxonalardan birida suratga olgan videoni tomosha qiling.

Usta-kulol Rustam Usmonov aytishiga qaragandan Rishton kulolchiligida qizil tuproqqa hech nima qoʻshilmasdan foydalaniladi.

Shakl berilgan buyum avval quritiladi, keyin angobga botiriladi va yana quritiladi. Undan soʻng esa olovda ilk bor kudiriladi.

Keyingi bosqichda buyumlarga rang berilib, naqshlar chiziladi. Ustalar bunda asosan uch xil boʻyoqlardan foydalanishadi: kobalt oksidi (koʻr rang uchun), kumush (yashil rang uchun) va marganets (jigarrang uchun). Naqsh chizilgan buyum ustiga sir (glazur, emal) bilan qoplanadi va yana olvda toblanadi. Toblanish jarayonida sir erib, shaffof rangga kiradi.

Mahsulot tayyor boʻlishi uchun uni ikki marotaba: dastlab 10-12 soat, keyin 8 soat maxsus tandirda olovda toblash kerak boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala