Toshkentga ikkinchi Airbus —A320nyeo yetib keldi

© Uzbekiston xavo yullariAirbus postavil perviy A320neo dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentga Boeing 737 MAXning "qotili", ishonchli va tejamkor Airbus A320 neo samolyoti yetib keldi.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Kecha 9-aprel kuni Toshkentdagi  Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga ikkinchi Airbus — A320-251neo samolyoti kelib qo‘ndi, deb xabar qilmoqda Xalq so‘zi.

Samolet Airbus 320 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Airbus Neo samolyotlarini sotib oladi

Bort nomeri UK-32022 bo‘lgan ushbu yangi samolyot Airbus kompaniyasining  Gamburgdagi zavodidan Toshkentga o‘zbekistonlik ekipaj boshqaruvida yetib keldi. Bu O‘zbekiston havo yo‘llari aviaparkidagi ikkinchi Airbus — A320neo samolyoti bo‘ldi.

Yangi dvigatel

Airbus — A320-251neo samolyoti – fransiya kompaniyasining eng yangi samolyoti bo‘lib, u 150 yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan. Samolyot nomidagi “Neo” abbreviaturasi  “New Engine Option”, ya’ni “yangi dvigatel bilan jihozlangan” ma’nosini anglatadi.  

Samolyotga   LEAP-1A yoki  PW1100G rusumli dvigatellar o‘rnatilishi mumkin. Yangi dvigatel bilan samolyot yonilg‘i tejamkorligi 15%ga, ekspluatatsiya xarajatlari 10 %ga, kamayadi. Undan tashqari yangi dvigatellar shovqini avvalgilarga ko‘ra ancha past. Samolyot parvoz uzoqligi 950 kmga, og‘irlik ko‘tarish quvvati 2 tonnaga oshadi.

© Aleksandr ChebanDvigatel Airbus 320neo
Toshkentga ikkinchi Airbus —A320nyeo yetib keldi - Sputnik O‘zbekiston
Dvigatel Airbus 320neo

Akula qanotlari

Samolyot tuzilishi oldingi Airbus 320 bilan bir xil bo‘lsada, uning qanotining uchlari shakli o‘zgartirilgan. Ular tepaga qaratilgan. “Sharklets” ya’ni Akula qanoti nomini olgan ushbu qanot shakli samolyot tejamkorligini yana 3,5 %ga, yuk ko‘tarish imkoniyatini 500 kilogramga parvoz uzoqligini 190km ga oshiradi. Umumiy hisobda “Akula qanotlari” bir samolyot ekspluatatsion xarajatlarini yiliga 220 ming dollarga kamaytirar ekan.

© Wikipedia / Aleksandr ChebanAirbus 320neo
Toshkentga ikkinchi Airbus —A320nyeo yetib keldi - Sputnik O‘zbekiston
Airbus 320neo

Boeing 737 MAXning "qotili"

Dunyo bozorida Airbus — A320-251 NEOning to‘g‘ridan to‘g‘ri yagona raqibi – Boeing 737 MAX samolyotlaridir. U ham o‘rtacha 150 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yaqin va o‘rta masofalarga uchuvchi tor fuzelyajli layner hisoblanadi.

Mejdunarodniy aviasalon Le Burje-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Boeing 737 MAX samolyotlari nega qulab tushdi?

So‘nggi vaqtda Boeing 737 MAX samolyotlari bilan sodir bo‘lgan noxush voqealar va ushbu turdagi samolyotlarning butun dunyoda ta’qiqlanishida ko‘pchillik yaxshi xabardor.

Oldin xabar berganimizdek, Boeing qulashiga Amerika korporatsiyasining ushbu samolyotlarga yashirin ravishda o‘rnatgan MCAS avtomatik boshqaruv dasturi sabab bo‘lgan. Boshqaruv dasturini o‘rnatishga esa - Boeing korpratsiyasining 737 MAX samolyotlarini Airbus A320neo samolyotlaridek tejamkor qilishga urinib, ularga katta dvigatel o‘rnatishi, oqibatda samolyotning muvozanati yo‘qolishi sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0