Jamiyat

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

© Pixabay / MontaplexDorojnыe znaki
Dorojnыe znaki - Sputnik Oʻzbekiston
Velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish taqiqlanadi. Kunning yorugʻ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. 2019 yil 09 aprelda “Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Znak Ostanovka zapreщena - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda bir hafta ichida 24 ta “toʻxtash taʼqiqlangan” belgilari olib tashlandi

Xabarda yozilishicha, oʻzgartirishlarga muvofiq:

-  svetoforning taqiqlovchi ishorasida toʻxtash chizigʻi oldida toʻxtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻxtash chizigʻi ustiga chiqib ketmasligi kerak;

- Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yoʻl uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatish) pasaytirishga vakolatli;

- aholi punktlarida ikkita harakat boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan bir tomonlama harakatli yoʻllarda toʻxtashga ruxsat etiladi;

-  aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanaga kirib kelayotgan transport vositlariga nisbatan ustunlikka ega;

- kunning yorugʻ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;

V Moskve na neskolkix ulitsax vveli besplatnuyu nochnuyu parkovku - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda avtomatik jarima toʻlash tizimini kiritishga hali erta – ekspert

- qurilish materiallari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi toʻkiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan boʻlishi kerak;

-  velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, oʻzgartirishlar bilan 28 ta yangi yoʻl belgilari kiritildi.

Toshkent koʻchalarida 25 martdan yana bir qoida kuchga kirdi - IIBB

Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish, radar, piyoda va velosipedchilar uchun tashkil etilgan yoʻlak kabi belgilar shular jumlasidandir.

Qayd etilishicha, oʻzgartirishlar haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala