Saxalinda halok bo‘lgan migrant o‘zbekistonlikmi? TIV javobi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabochie-stroiteli na krishe zdaniya v Moskve.
Rabochie-stroiteli na krishe zdaniya v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Janubiy Saxalinskdagi suv kompleksiga ega mehmonxona qurilish maydonchasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. Rossiyaning Saxalin viloyatidagi qurilish maydonida vafot etgan ishchi bo‘yicha O‘zbekiston TIV rasmiy ma’lumot berdi.

Xitoyda shunday vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik o‘nlab qizlar bor - TIV

“O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra Rossiyaning Saxalin viloyatidagi qurilish maydonida vafot etgan ishchi mamlakatimiz fuqarosi emas”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mazkur fakt Janubiy Saxalinsk shahri tergov organlari vakili tomonidan tasdiqlangan hamda OAVlarda tarqalgan rasmiy xabarda texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 10-aprel kuni Janubiy Saxalinskdagi suv kompleksiga ega mehmonxona qurilish maydonchasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0