Xitoyda shunday vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik o‘nlab qizlar bor - TIV

Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga kelin bo‘lgan Shodiyona Davlatova haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga kelin bo‘lgan Shodiyona Davlatova haqida bayonot berdi.

Goroda mira. Shanxay - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda tahqirlangan yana bir ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Bayonotda aytilishicha, OAVda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan Shodiyona Davlatovaning murojaati paydo bo‘ldi. Unda u turmush o‘rtog‘i erkinligini cheklayotgani to‘g‘risida xabar qilgan.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, bu holat mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi nazorati ostida turibdi.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro o‘tgan yilning aprelida Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikoh tuzgan va doimiy yashash uchun Xitoyga uchib ketgan. Ko‘p o‘tmay oiladagi nizolar tufayli u elchixonaning yordami bilan vataniga qaytdi. Keyinchalik, o‘z xohishi bilan turmush o‘rtog‘ining oldiga yo‘l olgan. 31-mart kuni Sh.Davlatova yana elchixonaga murojaat qilib, turmush sharoiti, turmush o‘rtog‘i tomonidan tahqirlanayotgani borasida shikoyat bildirgan hamda O‘zbekistonga qaytish istagida ekanini ma’lum qilgan.

Alisa Mitrova - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda rossiyalik model meningit kasalligiga chalindi

Oiladagi nizolar va turmush o‘rtog‘i tomonidan dastlabki kelishuvlarning bajarilmagani sababli, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan M.T. ham Pekindagi elchixonaga murojaat qilgan. U vositachilik firmasi orqali xorijlik bilan tanishgan, o‘tgan yil dekabr oyida nikohni rasman ro‘yxatdan o‘tkazgan va XXRga ketgan.

Ushbu holatlar yuzasidan elchixona Xitoy hukumatining tegishli organlari bilan birgalikda vatandoshlarni Toshkentga qaytarishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda Xitoy Xalq Respublikasida shunga o‘xshash vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik o‘nlab qizlar bor. Bildirilishicha, diplomatik vakolatxona tomonidan ularning shaxsini aniqlash va konsullik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi yordami bilan Xitoyda tahqirlangan Maftuna Xolmatova O‘zbekistonga qaytarilganligi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0