Ukraina telekanali Poroshenkoni sudga beradi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Petr Poroshenko
Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Tkachenko ta’kidiga ko‘ra, Poroshenko davlat rahbari mavqeyidan foydalanib, efirga taklifsiz “sharmandalarcha bostirib kirgan”.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Ukrainaning 1+1 kanali Ukraina prezidenti Potr Poroshenko ustidan sudga ariza bilan murojaat qiladi. Bu haqda mediaguruh bosh direktori Aleksandr Tkachenko Facebook᾽da ma’lum qilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Ma’lum bo‘lishicha, Potr Poroshenko telekanal studiyasiga ogohlantirmasdan kirib kelgan.

Aleksandr Tkachenko ta’kidiga ko‘ra, Poroshenko davlat rahbari mavqeyidan foydalanib, efirga taklifsiz “sharmandalarcha bostirib kirgan”. Boshlovchining studiyadagi o‘rinlardan birini egallashni so‘rab qilgan taklifini e’tiborsiz qoldirgan.

Akter Vladimir Zelenskiy v seriale Sluga naroda 2 - Sputnik O‘zbekiston
Hammasi endi boshlanadi: Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi

Shundan so‘ng prezident avvaliga dastur mehmonlari, keyin esa telefon orqali o‘zining raqibi, prezidentlikka da’vogar nomzod Vladimir Zelenskiy bilan janjallashgan.

Tkachenko prezident Poroshenko ustidan sudga shikoyat qilishini ma’lum qilib, javobini dushanba kuni kuting, deya yozgan.

Ukraina prezidenti saylovlari 31 mart kuni o‘tkazildi. Ukraina MSKning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan nomzodlardan hech qaysisi yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shuning uchun saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ikkinchi turda 30,24 foiz ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy va 15,95 foiz ovoz to‘plagan Potr Poroshenko prezidentlik kursisi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Potr Poroshenko Putin bilan bo‘lgan plakat uchun uzr so‘ragani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0