Yuriy Gagarinning fazoga qilgan ilk parvozi qanday kechgan – nodir video

Obuna bo‘lish
Bundan 58-yil muqaddam 1961-yil 12-aprel sanasida odamlarning yulduzlar tomon uchishi haqidagi ko‘p asrlik orzulari ro‘yobga chiqdi. E’tiboringizga insonning ilk bor fazoga ko‘tarilgani tasvirlangan nodir videoni havola qilamiz.

Dunyoda samoga birinchi bo‘lib qilingan tarixiy parvozning 58-yilligi tantana bilan nishonlamoqda. Bu hayratomuz parvoz 1961-yil 12-aprel kuni sodir bo‘lgan edi. Yuriy Gagarin Moskva vaqti bilan soat 09:07 da insoniyat tarixida birinchi bo‘lib kosmik bo‘shliqqa yo‘l ochdi.

U “Vostok” kosmik kemasida parvoz qilib, 1 soat 48 daqiqada yer sharini aylanib uchdi.

Har yili ushbu sana “Xalqaro aviatsiya va kosmanavtikasi kuni” sifatida dunyo xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. 

1963 yilda Valentina Tereshkova ilk fazogir ayolga aylandi. 1965-yilda Aleksey Leonov ilk bor ochiq kosmosga chiqdi.

2011 yilda BMT tomonidan 12-aprel – "Insonning fazoga parvoz etgan kuni” sifatida tarixga muhrlangan.

Yangiliklar lentasi
0