Eski uylar buzilib, yangilari qurilmoqda: Jizzax yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda

© Xalq bilan muloqotV Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta "Blagoustroyennoe selo" snosat starie doma
V Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta Blagoustroyennoe selo snosat starie doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida aholi uchun qulay muhit yaratish bilan birga, bandlikni ta’minlash, har bir hudud ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida yirik quvvatli zavod va korxonalar tashkil etishga ham katta e’tibor berilayapti.

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga safaridan keyin viloyatning barcha tuman va shaharlarida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar qildi "Xalq bilan muloqot" guruhi Feysbukdagi sahifasida.

Razrabotana Konsepsiya brenda Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyati o‘z brendiga ega bo‘ldi – foto

Ta’kidlanishicha, amaliy ishlar viloyat markazi Jizzax shahridan boshlab, tumanlar markazlari hamda chekka hududlarga qadar keng quloch yoygan. Xususan, Zarbdor tumanida yangi uy-joylar barpo etish, mavjudlarini ta’mirlash, ijtimoiy soha obyektlari, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari, aholiga xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlari tarmoqlarini yuzaga keltirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash ishlariga kirishilgan.

Eski Bo‘ston aholi maskanida 500 ish o‘rniga ega bo‘ladigan tikuvchilik korxonasi qurilishi olib borilyapti. Mazkur korxonada asosan shu yerda yashovchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar ish bilan band bo‘ladi. Tumandagi xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan "Sharq yulduzi", "Taraqqiyot", "Yangikent", "Oqar" qishloqlarida Mirzacho‘l tajribasi asosida 250 ish o‘rniga ega bo‘lgan 4 ta tikuvchilik sexi tashkil etiladi.

Viloyatning katta salohiyatga ega tumanlaridan biri bo‘lgan Zominda Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 400 metr kub oqava suvni zararsizlantirish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanishga yo‘naltirishga mo‘ljallangan suv tozalash inshooti o‘rnatilgan. Shuningdek, tumanda aholi uchun qulay muhit yaratish bilan birga, bandlikni ta’minlash, hudud ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida yirik quvvatli zavod va korxonalar tashkil etishga ham katta e’tibor berilayapti.

Dolina reki Zeravshan - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyati tumanlariga Zarafshon darosidan ichimlik suvi olib kelinadi

Jumladan, Dashtobod shaharchasida uzoq yillar bo‘sh yotgan 40 gektar yerda barpo etilayotgan "Zomin-sement" korxonasi shaharchadagi ilk sanoat korxonasi bo‘ladi. 136 million 700 ming yevro qiymatidagi mazkur noyob loyihaning amalga oshirilishi 400-chidan 700-chi markagacha bo‘lgan yuqori sifatli sement ishlab chiqarish imkonini beradi.

"Laylakuya" qishlog‘ida yana bir yirik korxona – "Zomin maxsus plita" zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda. Ispaniya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur sanoat obyektida uy-joy qurilishi uchun temir-beton mahsulotlari tayyorlanadi. 12 million AQSh dollari qiymatidagi loyiha doirasida Ispaniya va Italiyadan keltirilgan eng zamonaviy texnologik liniyalar ishga tushiriladi.

© Xalq bilan muloqot“Laylakuya” qishlog‘ida yana bir yirik korxona – “Zomin maxsus plita” zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda
Eski uylar buzilib, yangilari qurilmoqda: Jizzax yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda - Sputnik O‘zbekiston
“Laylakuya” qishlog‘ida yana bir yirik korxona – “Zomin maxsus plita” zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda

Dashtobodda yangi quvvatlarni tashkil etish barobarida hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan ishlarga ham faol kirishilgan.  O‘tgan asrning boshlarida temir yo‘l bekati va unga yondosh aholi punkti sifatida paydo bo‘lgan mazkur aholi punkti yillar o‘tishi bilan shaharcha maqomini olgan bo‘lsa-da, yillar davomida bu yerda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida sezilarli bir ish qilinmagan. Shaharsozlik talablariga javob bermaydigan bino va inshootlar, toru tang ko‘chalar o‘zgarmasdan qolavergan.

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari uning hayotida yangi sahifa ochib, chin ma’nodagi bahoriy yangilanish, yasharish nafasini olib keldi. Dastlab "Ziyo" deb nomlanuvchi markaziy ko‘cha bo‘yidagi eski, pastqam uylardan voz kechilib, ularning o‘rnida barcha sharoitlarga ega yangi uylar qad rostladi. Shaharchaga ko‘rk bag‘ishlayotgan 134 ta uylar kaliti tez kunlarda o‘z egalariga topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0