Iqtisod

Peskov oʻtgan yili 12,7 million daromad qildi, rafiqasi Navka esa - 218,6

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov s suprugoy Tatyanoy Navkoy
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov s suprugoy Tatyanoy Navkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Navka bu gal deklaratsiyasida ikkita yer uchastkasi, ikkita turar-joy, Rossiya hududida joylashgan uchta kvartira va bitta mashina uchun moʻljallangan joyni koʻrsatib oʻtgan. Olimpiya chempioni ikkita Mercedes avtomobiliga va motovezdexodga ega

TOSHKENT, 13 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov 2018 yilda 12,795 million rubl, uning rafiqasi, figurachi Tatyana Navka esa - 218,6 million rubl daromad qilgan. Bu haqda daromadlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan.

Shu bilan birga, 2017 yakunlariga koʻra Peskov 14,343 million, Navka esa 200,385 million daromadi bilan eng badavlat kreml xonimlaridan biriga aylangan.

Navka bu gal deklaratsiyasida ikkita yer uchastkasi, ikkita turar-joy, Rossiya hududida joylashgan uchta kvartira va bitta mashina uchun moʻljallangan joyni koʻrsatib oʻtgan. Olimpiya chempioni ikkita Mercedes avtomobiliga va motovezdexodga ega.

2017 yilda Navka oʻz deklaratsiyasida AQShda kvartiraga egalik qilishi haqida koʻrsatib oʻtgan edi, ammo ayni vaqtda figurachi mol-mulki roʻyxatida bu koʻchmas mulk, xuddi Lexus avtomobili singari mavjud emas.

2016 yilda Peskovning shaxsiy daromadi 12,8 million rublni tashkil qilgan, 2015 yilda esa - 36,7 million rubl. Rossiya rahbari matbuot-kotibi daromadi hajmini merosxoʻrlik huquqiga kirgani bilan izohlagan. 2014 yilda Peskov 9,18 million rubl, 2013 yilda esa - 9,21 million rubl daromad qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala