Hodisalar

Toshkentda 5 yashar bolani bosib ketgan haydovchi hodisa joyidan qochib ketdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishV svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak "Shipы"
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston
Mashina bolakayni yoʻlning harakat qismida bosib ketgan. Haydovchi hodisa joyidan yashiringan, ammo tez orada qoʻlga olingan

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentning Shayhontohur tumanida Daewoo Matiz haydovchisi besh yashar bolakayni bosib ketdi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

DTP v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Namangan viloyatida YTH oqibatida ikki kishi halok boʻldi

Xabarda aytilishicha, fojia kuni kecha Beruniy koʻchasida 21:00larga yaqin yuz bergan.

Bolakayni bosgan haydovchi YTH joyidan qochib ketgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bolakay ota-ona ruxsatisiz koʻchaga chiqqan va qarovsiz qolgach, serharakat trassani kesib oʻtayotgan boʻlgan. Avariya oqibatida bola ogʻir tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

Hodisa joyidan yashiringan haydovchi tez orada qoʻlga olingan. U 27 yashar Ilyos I. ekanligi aytilmoqda. Avariyadan soʻng, haydovchi avtomobilni Koʻkcha masjidi yaqinidagi mahallalardan birida qoldirib, yashirinishga uringan, ammo tezda qoʻlga olingan.

Hozirda tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala