Turizm

Oʻzbekiston eng koʻp musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan mamlakatlar oʻntaligiga kirdi

© Flickr / Arian ZwegersJizn v Respublike Uzbekistan
Jizn v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu oʻntalikka, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya, BAA va Indoneziya kabi musulmon mamlakatlar kirgan.

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. 2019 yilgi Jahon musulmon sayyohlari reytingida, Oʻzbekiston IHTga aʼzo mamlakatlar orasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan eng jozibador oʻnta mamlakat qatoridan oʻrin oldi.

Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Din haqida ilm beruvchi dunyoviy maskan: xalqaro islom akademiyasi hayotidan reportaj

Bu haqda Singapurning CrescentRating xalqaro reyting agentligi va Mastercard tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Global Muslim Travel Index 2019  hisobotida qayd etildi.

Ushbu oʻntalikka, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya, BAA va Indoneziya kabi musulmon mamlakatlar kirgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Oʻzbekiston IHTga aʼzo davlatlar orasida musulmon sayyohlari uchun qulayligi boʻyicha 18-oʻrinni olgan. Ushbu roʻyxatda Malayziya, Indoneziya va Turkiya mamlakatlari yetakchilikni qoʻlgan kiritgan. Qozogʻiston va Ozarboyjon esa Oʻzbekistondan keyin 19- va 20-oʻrinlarni egallagan.

Yuqorida qayd etilgan reytingini tuzishda mamlakatlar iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti, transport infrastrukturasi va koʻrsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala