IIBB yo‘llarni harbiy vertolotda nazorat qiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishOtkritie mejdunarodnogo konkursa "Desantniy vzvod" v Novorossiyske
Otkritie mejdunarodnogo konkursa Desantniy vzvod v Novorossiyske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent IIBB yo‘llarni vaqtincha harbiy vertolotda nazorat qiladi. Keyinchalik ushbu maqsad uchun maxsus vertolotlar sotib olinadi.

TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi yo‘llardagi vaziyatni nazorat qilish uchun vaqtincha Mudofaa vazirligining vertolotidan foydalanadi, deb xabar qildi Uznews. 

“Vaqtincha Mudofaa vazirligining bir dona vertolotidan foydalanish haqida qaror qabul qilindi. Kelajakda ushbu maqsadda foydalanish uchun ikkita ixtisoslashtirilgan vertolotlar sotib olinadi”, - deyilgan xabarda.

Vertolotning vazifasi yo‘llardagi vaziyatni nazorat qilish bo‘ladi. Shuningdek vertolot yordamida yo‘llardagi probkalar bilan bog‘liq vaziyatni chuqurroq o‘rganish va monitoring qilish mumkin bo‘ladi.

“Bizda mavjud foto va video qayd etish tizimi asosan chorrahalarda o‘rnatilgan. Tepadan kuzatish imkoni paydo bo‘lsa, biz vaziyatni yanada kengroq ko‘rish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lardik. Olingan ma’lumotlar asosida biz yo‘l infrastrukturasini va belgilar tizimini o‘zgaritirishimiz mumkin bo‘ladi”, - dedi IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Azizxon Umarxonov.   

Shuningdek, Umarxonov vertolotning birinchi parvozi 11-aprel kuniga mo‘ljallanganini, lekin ob-havo sharoiti va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha keyinga qoldirilgani xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0