Hodisalar

Oʻzbekistonlik ayolni haqorat qilgan oʻqituvchi ekstremistlar roʻyxatiga kiritildi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Novosibirskda oʻzbekistonlik ayolga “Rus tilini oʻqi, surbet!”, - degan oʻqituvchi ustidan sud boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 14 apr – Sputnik. Novosibirskdagi maktablardan birida ota-onalar majlisi vaqtida oʻqituvchilardan biri Oʻzbekistondan kelgan bolaning onasini haqorat qilgani uchun sudda javob beradi, deb xabar qilmoqda Volgograd News nashri.

Rossiyskiye rubli v rukax u jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sud uch milliard rubl pora olganlikda ayblanayotgan deputatni hibsga olishni rad etdi

Ota-onalar majlisi vaqtida oʻqituvchi oʻzbekistonlik ayolga qarab "Rus tilini oʻqi, surbet!", "Uyingga ket" va yana boshqa haqoratli soʻzlarni aytgan. Oʻqituvchining bunday munosabati boshqa ota-onalarga yoqmagan va ularning noroziligiga sabab boʻlgan.

Xabarday aytilishiga koʻra, ayni damda Natalya Oganisyan (oʻqituvchi) ustidan Rossiya JKning 282 moddasi (Ekstremizm, boshchalarga nisbatan nafrat uygʻotish va haqorat qilish) 1 bandiga asosan jinoyat ishi ochilgan. Oʻqituvchini ruhiy ekspertizadan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ushbu jinoyat ishi doirasida oʻqituvchiga 5 yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Undan tashqari ayni damda u Rossiya ekstremistlar roʻyxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala